O‘zA O`zbek

30.07.2020 Chop etish versiyasi

Futbol boʻyicha Tojikiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida Oʻzbekiston va BAA terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazadi

Futbol boʻyicha Tojikiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida Oʻzbekiston va BAA terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazadi

Tojikistonning “Xovar” axborot agentligi maʼlum qilishicha, futbol boʻyicha 2022-yilda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun kuzda boshlanadigan saralash oʻyinlariga tayyorgarlik doirasida Tojikiston milliy terma jamoasi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi.

Tojikiston futbol federatsiyasidan maʼlum qilinishicha, sentyabr oyida Tojikiston terma jamoasi safarda ikkita oʻyin oʻynab qaytadi. 3-sentyabrda tojikistonlik charm toʻp ustalari Toshkentda “Milliy” stadionida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazsa, 6-sentyabrda Dubayda Birlashgan arab amirligi futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Taʼkidlash joizki, Tojikiston milliy terma jamoasi saralash bosqichida “F” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhda ular yana uchta oʻyin oʻtkazadi. 8-oktyabrda Dushanbeda Moʻgʻiliston termasini qabul qiladi. Keyin noyabr oyida Usmon Toshev shogirdlari Yaponiya va Myanmaga safar uyushtiradi.

7 346
OʻzA