Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.09.2017 12:03 Chop etish versiyasi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining yigirma ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

Toshkentda o‘tkazilgan "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bahsda "temiryo‘lchi"lar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi, "Dinamo" mehmoni bo‘lgan "Bunyodkor" esa 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Poytaxtliklarga g‘alaba keltirgan gollarga Rustam Ashurmatov mualliflik qildi.

"Nasaf" safarda "Obod" darvozasiga javobsiz oltita to‘p kiritib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Raqib darvozasiga Bobur Abduholiqov ikkita, Farrux Sayfiyev, Doniyor Narzullayev, Bahrom Abdurahimov va Dragan Cheran bittadan to‘p kiritdi. "Metallurg" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912" jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

"Sho‘rtan" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3:3, "Qizilqum" va "Olmaliq" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:2, "Mash’al" va "Buxoro" hamda "Neftchi" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi bahslar 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Ayni paytga kelib, musobaqa jadvalida "Lokomotiv" 45 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Nasaf", "Paxtakor", "Buxoro" va "Bunyodkor" jamoalari hisobida 38 ochkodan bor.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
662






Все о погоде - Pogoda.uz