Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 15:17 Chop etish versiyasi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasining 20-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasining 20-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi Oliy liganing ushbu turidan joy olgan «Metallurg» (Bekobod) – «Paxtakor» (Toshkent) o‘rtasidagi uchrashuv gollarga boy o‘tdi. O‘yinning 17-daqiqasida «Metallurg» jamoasi a’zosi Zohid Abdullayev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limning oxirgi daqiqasida «Paxtakor» klubi hujumchisi Igor raqib darvozasini yana bir bor aniq nishonga oldi. Bahsning ikkinchi bo‘limida har ikkala jamoa vakillari hujumkor o‘yin namoyish etdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada Doston Ibrohimov gol urib, jamoasining 3:1 hisobdagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

«Obod» (Toshkent) jamoasi o‘z maydonida Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasidan 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Buxoroning «Buxoro» klubi safarda «Neftchi» (Farg‘ona)ni 2:1 hisobida yengdi.

Shuningdek, 20-turda «Mash’al» (Muborak) «Navbahor» (Namangan)ni 2:1, «Nasaf» (Qarshi) «Olmaliq» (Olmaliq)ni 1:0, «Lokomotiv» (Toshkent) «Sho‘rtan (G‘uzor)ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Navoiyda «Qizilqum» «Bunyodkor» (Toshkent) bilan 3:3, Samarqandda «Dinamo» «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
1 767






Все о погоде - Pogoda.uz