Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.08.2017 17:56 Chop etish versiyasi

Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati oliy liga bahslarining 16-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati oliy liga bahslarining 16-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi Toshkentning "Lokomotiv" klubi o‘z maydonida "Mash’al" (Muborak) jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, "Navbahor" (Namangan) safarda "Obod"ni (Toshkent) 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Qarshining "Nasaf" jamoasi o‘z maydonida "Qo‘qon – 1912" klubi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, g‘alabaga erishdi. Gollarga Sharof Muhiddinov, Dragan Cheran va Igor Golban mualliflik qildi.

"Metallurg"ni (Bekobod) qabul qilgan "Dinamo" (Samarqand) 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Farg‘onada "Neftchi" klubi "Sho‘rtan" (G‘uzor) bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, "Bunyodkor" (Toshkent) bilan "So‘g‘diyona" (Jizzax) jamoalari o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.

"Olmaliq" va "Buxoro", "Qizilqum" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda ham 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Bayram Aytmurodov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
926






Все о погоде - Pogoda.uz