O‘zA O`zbek

10.09.2018 12:32 Chop etish versiyasi

Filippinda bokschilarimiz gʻalaba qozondi

Filippinda bokschilarimiz gʻalaba qozondi

Filippinda oʻtgan professional boks kechasida mamlakatimiz sharafini Ulugʻbek Sobirov va Bekzod Tursunboyev munosib himoya qildi.

Ulugʻbek oʻzining sakkizinchi jangida mezbon bokschi Sultan Dondonga qarshi ringga koʻtarildi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Bekzod esa yana bir filippinlik Ryan Maanoni birinchi raundda texnik nokautga uchratdi va oʻzining ikkinchi bahsida ham gʻalaba qozondi.

Fargʻonada oʻtkazilgan musobaqada professional charm qoʻlqop ustalari beshta vazn toifasida oʻzaro raqobatlashdi.

Unda hamyurtlarimizdan Olim Nazarov, Abdurasul Ismoilov, Muhammadsalim Sotiboldiyev, Akmalxon Jamolxonov, Muslimbek Olimov oʻz vazn toifalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

J.Toshxoʻjayev, OʻzA
1 650