Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.03.2018 16:20 Chop etish versiyasi

Figurali uchish bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi

Figurali uchish bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi Poytaxtimizda figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Mamlakatimizda qishki sport turlarini aholi o‘rtasida ommalashtirish va ular orasidan iste’dodli yoshlarni saralash maqsadida o‘tkazilgan mazkur chempionat keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida Shohsanam Tohirova, Kamilla Faradayeva, Mariya Filippova kattalar o‘rtasida shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘smir qizlar o‘rtasida Alyona Mezenseva, Laziza Soliyeva, Yekaterina Tertichnaya g‘olib va sovrindorga aylandi.

Muz ustida raqs bo‘yicha juftlik bahslarida Yuliya Kim va Shohrux Sultonov birinchi, Arina Pavlishuk va Aleksandr Kurolotka ikkinchi hamda Amira Mirolimova va Konstantin Li uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘zA
4 563