Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 19:03 Chop etish versiyasi

FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Poytaxtimizdagi "Orom" 38-umumta’lim maktabida FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning yuksak ma’naviyatli, barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgani alohida ta’kidlandi.

R.Ermatov 2003-yildan buyon FIFA tasnifidagi futbol bo‘yicha deyarli barcha nufuzli turnirlarda hakamlik qilmoqda. O‘zbek o‘g‘loni besh marotaba “Osiyoning eng yaxshi hakami”, deb tan olindi. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda “Jahonning eng yaxshi hakami” sifatida e’lon qildi. 2015-yili futbol olamining nufuzli mukofotlaridan biri – “Globe Soccer Awards” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ravshan Ermatov 2010-yili Janubiy Afrika Respublikasi va 2014-yili Braziliyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida ishtirok etdi. Jahon chempionatlari final bosqichida eng ko‘p – 9 uchrashuv boshqarib, dunyo rekordini o‘rnatdi.

Ravshan Ermatov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmonlariga muvofiq 2010-yili “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014-yilda “El-yurt hurmati” ordeni va 2015-yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

– Xalqaro maydonlarda Vatanimizni sharaflash, uning obro‘si yuksalishiga hissa qo‘shish – eng oliy baxt, – deydi Ravshan Ermatov. – Nufuzli musobaqalarda hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni isbotlashdek ezgu maqsadimga yetishganimdan xursandman.

Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Bayram Aytmurodov, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
366






Все о погоде - Pogoda.uz