Farg‘onada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan nufuzli turnir qizg‘in pallaga kirdi.

Yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova qur’a natijasiga ko‘ra yosh sportchimiz Shahnoza Hotamovaga qarshi kortga chiqdi. Raqibasidan har taraflama ustun bo‘lgan Sabina o‘yinda zafar quchdi va ikkinchi davrada rossiyalik Yana Sizikova bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, sportchilarimiz Kamola Umarova hamda Nigina Abduraimova ham ilk davrada g‘alaba qozondi. Endi Kamola chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun rossiyalik tennischi Anastasiya Frolovani, Nigina hindistonlik Druti Tatacharni sinovdan o‘tkazadi.

Juftlik bahslarining chorak finalida S.Sharipova va rossiyalik Kseniya Likina rossiyalik tennischilar Yelena Ribakina va Valeriya Zelevaga, N.Abduraimova rossiyalik sherigi Anastasiya Frolova bilan birga indoneziyalik Biatris Gumulya va qirg‘izistonlik Kseniya Palkinaga, K.Umarova va qozog‘istonlik Go‘zal Aynitdinova esa rossiyalik Yana Sizikova va qozog‘istonlik Kamila Kerimbayevaga qarshi kortga tushadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada bahslar qizg‘in