O‘zA O`zbek

08.05.2020 Chop etish versiyasi

Evander Xolifild: Tayson yana qulogʻimni tishlab olishidan qoʻrqmayman

Evander Xolifild: Tayson yana qulogʻimni tishlab olishidan qoʻrqmayman

Yaqinda ringga qaytishga tayyorligini eʼlon qilgan Evander Xolifild navbatdagi jangi afsonaviy bokschi Mayk Taysonga qarshi oʻtsa, oʻzining imkoniyatlari qanday boʻlishi haqida gapirdi.

– 50 yoshli har qanday bokschi bilan jang qilishim mumkin, uning kim boʻlishi ahamiyatsiz. Agar siz 50 yoshdan oshgan boʻlsangiz, meni magʻlub eta olmaysiz. Biz Riddik Bou bilan birga koʻrgazmali jang oʻtkazmoqchi edik, chunki biz doʻstmiz. Lekin hozir uning ahvoli ogʻir.

Agar bu jang Mayk Taysonga qarshi boʻlsa yana-da yaxshi. Ular menga koʻproq pul toʻlashi kerak boʻladi. Tayson yana qulogʻimni tishlab olishi mumkinligidan qoʻrqmayman. Nima uchun bunday qilganini tushunaman, hozir bunday muammo yoʻq. Oʻshanda u oʻzini himoya qilishga uringan va yuragida muammosi bor bokschiga yana yutqazayotganini tushunib qolgandi.

Eslatib oʻtamiz, Evander Xolifild ikki marotaba Mayk Taysonga qarshi jang oʻtkazgan boʻlib, har safar gʻalaba qozongan. 1997-yili oʻtkazilgan ikkinchi jangda Tayson Xolifildning qulogʻini tishlab olgandi.

8 205
OʻzA