Nukus olimpiya zaxiralari kollejida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston chempionati yakunlandi.

Musobaqada Beruniy tumani, Nukus va Taxiatosh shaharlaridan 100 dan ziyod sportchi 7 vazn toifasida o‘zaro bahslashdi.

– Bu o‘ziga xos saralash bellashuvlarida “Barkamol avlod” sport o‘yinlari va mamlakat chempionatida ishtirok etadigan kuchli sportchilar tanlab olinadi, – deydi musobaqa bosh hakami Fozil O‘razimbetov. – G‘oliblar mart oyining oxirida Chirchiq shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatida ishtirok etadi.

Og‘ir toshlarni dast va siltab ko‘tarish bo‘yicha eng yaxshi natijani qo‘lga kiritgan nukuslik Zuhra Uzoqbergenova, Sayyora Qaypnazarova, Jaziyra Matmuratova, Bozorgul Reyimbergenova, Muyassar Jamoladdinova, Malika Madatboyeva, Beruniy tumanidan Dina Tojiboyeva o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘smir yigitlar o‘rtasida o‘z vazn toifasida boshqalarga imkoniyat qoldirmagan og‘ir atletikachilar taxiatoshlik Dalat O‘tebrev, Quvonch Boymuratov, O‘mirboy Mavlenov, Shahimardon Kemalov, nukuslik Aybergen Ayapbergenov, Bekzod Jamolov, Muhammaddin Muratboyev, Nurabulla Abdullayev g‘oliblik shohsupasidan o‘rin oldi.

G‘oliblarga medallar va O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanma topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchlilar saralandi