O‘zA O`zbek

08.10.2019 Chop etish versiyasi

Eng kuchli tennischilar Qarshida kuch sinashmoqda

Eng kuchli tennischilar Qarshida kuch sinashmoqda

Qarshi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “Fyuchers“ turkumiga kiruvchi “Karshi Menʼs International” turniri boshlandi.

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro tennis federatsiyasi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada vakillarimizdan tashqari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina kabi davlatlardan kelgan tennischilar o‘zaro kuch sinashmoqda.

Musobaqada Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev, Sergey Fomin, Olimjon Nabiev, Ibrohimjon O‘rinov, Saida’lo Saidkarimov kabi terma jamoamiz a’zolari bilan birgalikda o‘nga yaqin yosh tennischimiz yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.

420
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA