Termizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Barkamol avlod – 2017" sport o‘yinlarining boks bo‘yicha saralash musobaqasi yakunlandi.

Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning final bosqichiga yo‘llanma olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 112 yosh bokschi 49 kilogrammdan 81 kilogrammgacha bo‘lgan 8 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy etilgan uch bosqichli sport o‘yinlari jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish, ular qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

– Musobaqani yuqori saviyada tashkil etishga puxta tayyorgarlik ko‘rildi, – deydi Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karomat Ashurov. – Sportchilarga barcha sharoit yaratildi. Musobaqa zamonaviy usulda bunyod etilgan sport majmuasida o‘tkazildi.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqada g‘olib chiqqan 32 sportchi "Barkamol avlod – 2017" sport o‘yinlarining final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tadbir doirasida yosh sportchilar Termiz shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli bokschilar Jizzaxda ringga chiqadi