Samarqand eshkak eshish kanalida o‘tkazilgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi va parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari yakunlandi.

Uch kun davom etgan musobaqalarda dunyoning 14 davlatidan kelgan 200 dan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Dastlab, parakanoe bo‘yicha birinchi Osiyo chempionati o‘tkazilib, unda mamlakatimiz sportchilari 2 oltin, 4 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritib, eng yaxshi natijani qayd etdi.

Osiyo ochiq kubogi bahslari har galgidek murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari 11 oltin, 10 kumush va 6 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida vakillarimizga qozog‘istonlik sportchilar asosiy raqib bo‘ldi va yakunda ular 7 oltin, 7 kumush, 4 bronza medaliga ega bo‘ldi. Mazkur bahslarda Qirg‘iziston termasi a’zolari, Tailand va vetnamlik sportchilar ham munosib ishtirok etdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ham oltin medallar uchun yurtimiz vakillari hamda qozog‘istonlik sportchilar o‘rtasida qizg‘in bahs bordi. Terma jamoamiz a’zolari 10 oltin, 14 tadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

– Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yakkalik, to‘rtlik bahslarida muvaffaqiyat qozonib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targanimdan xursandman, – deydi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurislom To‘lqin o‘g‘li. – Ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun bizga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgani muvaffaqiyatimizning bosh omili bo‘ldi. Samarqand eshkak eshish kanalidagi sharoitlar xalqaro talablarga to‘la javob beradi.

Musobaqa doirasida Osiyo kanoe federatsiyasi tomonidan parakanoeni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Shuningdek, federatsiyaning kelgusidagi vazifa va rejalari ham muhokama qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ko‘p medal vakillarimizda