O‘zA O`zbek

12.07.2019 19:17 Chop etish versiyasi

Ellikka yaqin sportchi qizlar 50 metr masofaga erkin suzishda oʻzaro bellashdi

Ellikka yaqin sportchi qizlar 50 metr masofaga erkin suzishda oʻzaro bellashdi

Nukus shahrida sportning suzish turi boʻyicha13-15 yoshdagi qizlar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiligi oʻtkazildi.

Musobaqada shahar va tumanlardan 50 ga yaqin sportchi qizlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar 50 metr masofaga erkin suzishda oʻzaro bellashdi.

Musobaqa yakuniga koʻra 2004-2005-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida Gulandom Abdireymova, OzodaSatboyeva, Aynura Xudoyberganova va Dilorom Baxtiyorova yuqori oʻrinlarni egalladi. Shuningdek, 2006-2007-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasidagi bahslarda AlinaAlpisbayeva, Sabrina Oʻrozboyeva, Nursuluv Karimova vaShahrizodaKarimova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA
1 011