O‘zA O`zbek

26.05.2020 Chop etish versiyasi

Eldor Shomurodovning transfer narxi yana koʻtarildi

Eldor Shomurodovning transfer narxi yana koʻtarildi

Futbol olami Yevropada ochilayotgan transferlar bozoriga tayyorgarlik koʻrmoqda. Chunki, bugungi kunga kelib, har bir qitʼadagi jamoalarning asosiy maqsadi “Koʻhna qitʼa”ning kuchli beshligidagi klublarga oʻz tarbiyalanuvchilarini joylashdan iborat.

Oʻzimiz ham biror futbolchimiz Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya yoki Fransiya chempionatlarida toʻp surishini uzoq yillardan buyon orzu qilamiz. Hozirda esa bu imkoniyat faqatgina Rossiyaning “Rostov” klubi safida maydonga tushayotgan Eldor Shomurodovda saqlanib turibdi.

Germaniyaning “transfermarkt” sayti xabariga koʻra, Eldor Shomurodovning bu yilgi transfer narxi 5,2 million yevroga baholanmoqda. Biroq bu narx futbolchimizning yorqin oʻyiniga qarab oshib borishi mumkin. Aniqrogʻi Eldor Premyer-liga bahslarida gol urgani sari transfer qiymati ham koʻtarilishda davom etadi.

Shu tariqa surxondaryolik futbolchimizni oʻz safiga qoʻshishni niyat qilgan jamoa “Rostov” klubiga kamida 5,2 million yevro toʻlab qoʻyishi kerak boʻladi.

10 719
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA