O‘zA O`zbek

30.07.2020 Chop etish versiyasi

Eldor Shomurodovning reytingi koʻtarildi

Eldor Shomurodovning reytingi koʻtarildi

Germaniyaning “Transfermarkt” sayti Rossiya chempionatidagi futbolchilar reytingini eʼlon qildi.

Unda Rossiyaning “Rostov” klubida oʻzining yorqin oʻyini bilan ajralib turgan hamyurt hujumchimiz Eldor Shomurodovning transfer bahosi 1,3 million yevroga oshganini koʻrishimiz mumkin. Endi uni oʻz jamoasiga qoʻshib olishni istaganlar kamida 6,5 million yevro ajratishi shart.

Shomurodov “narxi oʻsayotgan” top-10 futbolchilar qatorida 9-oʻrinda qayd etildi.

7 386
OʻzA