O‘zA O`zbek

17.05.2020 Chop etish versiyasi

Eldor Shomurodov Germaniyaga ketishi mumkin

Eldor Shomurodov Germaniyaga ketishi mumkin

Oʻzbekiston terma jamoasi va “Rostov” futbol klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Germaniya klublaridan biri jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Mahoratli futbolchimizni “Shalke 04” jamoasi oʻz safiga qoʻshib olishni shu yilning yozida amalga oshirmoqchi. Eldorning transferi 5 million yevroga baholanmoqda. Aslida Shomurodovning transferi ikki barobar qimmat. Lekin pandemiya taʼsirida miqdorlar pasaygan.

Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda 22 uchrashuvda 11 gol urdi va 6 golli uzatmada ishtirok etdi. Futbolchimiz mazkur taklifni qabul qilishi hozircha aniq aytilmagan.

6 983
OʻzA