O‘zA O`zbek

16.04.2019 10:23 Chop etish versiyasi

Dzyudo: Osiyo ochiq kubogining so‘nggi kunida polvonlarimizga ataldi

Dzyudo: Osiyo ochiq kubogining so‘nggi kunida polvonlarimizga ataldi

Joriy yil 12-15 aprel kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Osiyo ochiq kubogi bo‘lib o‘tdi.

Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur musobaqada Yevropa va Osiyo qit’asining 6 davlatidan jami 245 nafar ishtirokchi (161 nafar o‘smir va 84 nafar qiz) g‘oliblik uchun tatamiga chiqishdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifasida bellashuvlar o‘tkazildi. Quvonarli jihati, barcha vazn toifalarida oltin, kumush, aksariyat vazn toifalarida hattoki bronza medallarini ham o‘zbekistonlik polvonlar qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, 100 kg.dan yuqori vazn toifasida shohsupaga ko‘tarilgan to‘rt nafar polvonning barchasi yurtdoshlarimiz bo‘ldi.

Dzyudo-Osiyo (10).jpg

O‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi Osiyo ochiq kubogining so‘nggi kunida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:

Yigitlar:

-90 kg vazn toifasi

1. Muzaffarbek To‘raboev (O‘zbekiston)
2. Emazar Sarsenbaev (O‘zbekiston)
3. Shahobiddin Hamroev (O‘zbekiston)
3. Danil Fyodorov (Qozog‘iston)

Dzyudo-Osiyo (1).jpg

-100 kg vazn toifasi

1. Rufat Xudakov (O‘zbekiston)
2. Muhiddin Qozoqboev (O‘zbekiston)
3. Muhammad Muhammadjonov (O‘zbekiston)
3. Sharifjon Nazriev (Tojikiston)

Dzyudo-Osiyo (2).jpg

+100 kg vazn toifasi

1. Shohruh Baxtiyorov (O‘zbekiston)
2. Bahrom Sayitov (O‘zbekiston)
3. Jamshid Baxtiyorov (O‘zbekiston)
3. Temurbek Xajiev (O‘zbekiston)

Dzyudo-Osiyo (3).jpg

Qizlar:

-70 kg vazn toifasi

1. Mamlakat Sultonova (O‘zbekiston)
2. Muslimaxon Yunusalieva (O‘zbekiston)
3. Aychurok Moldokmatova (Qirg‘iziston)

Dzyudo-Osiyo (5).jpg

-78 kg vazn toifasi

1. Shohista Anorova (O‘zbekiston)
2. Moxinsaxon Husanova (O‘zbekiston)
3. Gulchehra Bobomurotova (O‘zbekiston)


Dzyudo-Osiyo (6).jpg

+78 kg vazn toifasi

1. Rinata Ilmatova (O‘zbekiston)
2. Shahnoza Narmuhammedova (Qirg‘iziston)
3. Dilfuza Rustemova (O‘zbekiston)

Dzyudo-Osiyo (7).jpg

Otabek Eshmamatov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
447