Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.05.2018 12:56 Chop etish versiyasi

Dzyudo: Osiyo chempionatida 24ta medal – oltinlari kumushidan ko‘p

Dzyudo: Osiyo chempionatida 24ta medal – oltinlari kumushidan ko‘p
Livan poytaxti Beyrut shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolar beruvchi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.

Osiyoning 20dan ortiq mamlakatidan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqada 33 nafar sportchisi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda 24ta medal bilan taqdirlanishga muvaffaq bo‘lishdi. E’tiborli jihati, qo‘lga kiritilgan medallarning oltinlari kumushidan ko‘ra ko‘proq bo‘ldi... 

Yoshlar o‘rtasida:

Oltin medallar: G.Murotboyeva, B.Omandavlatov, X.Kamoldinova, N.Yo‘ldosheva, Sh.Po‘latov.

Kumush medallar: D.Yo‘ldoshev, A.Yusupov.

Bronza medallar: D.Keldiyorova, O.No‘monov, Yu.Normamatov, Yu.To‘raqulov, I.Agajonova.

O‘smirlar o‘rtasida:

Oltin medallar: S.Qadamboyeva, N.Yermagambetova, B.Sharifjonov.

Kumush medallar: Sh.Qurbonova, M.Ochilov, J.Nazarov, A.Abdulazizov, F.Xolmurodova.

Bronza medallar: O.O‘rinboyev, F.Tursunboyeva, T.Erkinov, Sh.Umirzoqov.

O`zA
2 040