O‘zA O`zbek

11.06.2020 Chop etish versiyasi

Dzyudo musobaqalari sentyabr oyidan boshlanishi mumkin

Dzyudo musobaqalari sentyabr oyidan boshlanishi mumkin

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) musobaqalarni sentyabr oyidan boshlashni rejalashtirmoqda. Tashkilotga aʼzo mamlakatlardagi federatsiyalarga bu haqda rasmiy xat ham joʻnatildi.

Xatning mazmuniga koʻra, koronavirus pandemiyasi bartaraf etilishiga umid bogʻlanib, Xalqaro dzyudo federatsiyasi tashkiliy qoʻmitalar bilan musobaqalarning yangi taqvimi ustida ish olib bormoqda. Musobaqalarni Olimpiya oʻyinlari saralash dasturida qatnashadigan sportchilar uchun qulay va adolatli tarzda tashkil qilishga eʼtibor qaratiladi.

Taʼkidlash kerakki, musobaqalarning sentyabr oyidan boshlanishi qatʼiy qaror emas. Agar koronavirus bilan bogʻliq dunyodagi vaziyat bu muddatga qadar ijobiy tomonga oʻzgarmasa, musobaqalar boshlanish vaqti oʻzgarishi tabiiy.

9 923
OʻzA