O‘zA O`zbek

30.07.2019 12:18 Chop etish versiyasi

Dzyudo: Lutfullayev olimpiada reytingida toʻrt pogʻonaga yuqoriladi, Yusupov esa kuchli elliktalikka kirdi

Dzyudo: Lutfullayev olimpiada reytingida toʻrt pogʻonaga yuqoriladi, Yusupov esa kuchli elliktalikka kirdi

Biroq, hamon Alisher Yusupov olimpiada yoʻllanmasi zonasidan ancha olisda

Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilgan Gran-pri turniridan soʻng Xalqaro dzyudo federatsiyasi dzyudochilarning yangilangan olimpiada reytingini eʼlon qildi.

Eʼtiborlisi, unda 60 kilogacha vazn toifasida Zagreb Gran-prisi gʻolibligini qoʻlga kiritgan hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullayev oʻz hisobiga 700 ochkoni qoʻshib qoʻydi hamda endi u 2 207 ochko bilan olimpiada reytingida 4-oʻringa koʻtarilib oldi. Lutfullayev ushbu vazn toifasida reyting peshqadami boʻlib turgan rossiyalik Robert Mshvidobadzedan atigi 534 ochkoga ortda qolmoqda. Buyogʻiga Sharofiddin boʻshashmasa boʻlgani, Tokio olimpiadasi yoʻllanmasi choʻntakda deyavering.

Shuningdek, Zagreb Gran-prisida 100 kilodan ogʻir vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan yana bir polvonimiz Alisher Yusupov esa reytingda yaxshigina koʻtarilishga erishdi. U yangilangan reytingda 356 ochko bilan 49-oʻringa chiqib oldi. Avvalgi reytingda Alisher hatto yuztalikda ham yoʻq edi. Shunga qaramay Yusupov hali Olimpiada yoʻllanmasi zonasiga kirishi uchun ancha ter toʻkishiga toʻgʻri keladi.

Qolgan dzyudochilarimizning olimpiada reytingidagi oʻrinlari bilan tanishing:

-60 kg:

1. Robert Mshvidobadze (Rossiya) – 2741 ochko

4(8 avvalgi reytingdagi oʻrni). Sharofiddin Lutfullayev – 2207 ochko (yoʻllanma zonasida)

43(49). Diyorbek Oʻrozboyev – 490 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

50(45). Kemran Nurullayev – 415 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-66 kg:

1. Xerlen Ganbold (Moʻgʻuliston) – 2595 ochko

21(21). Sardor Nurullayev – 974 ochko (yoʻllanma zonasida)

25(24). Shahram Ahadov – 919 ochko (yoʻllanma zonasida)

46(66). Muhriddin Tilovov – 512 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-73 kg:

1. Artur Margeldion (Kanada) – 2588 ochko

13(10). Hikmatillo Toʻrayev – 1356 ochko (yoʻllanma zonasida)

53(50). Gʻiyosjon Boboyev – 410 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-81 kg:

1. Said Mullai (Eron) – 2583 ochko

36(34). Sharofiddin Boltaboyev – 705 (qitʼaviy kvota)

-90 kg:

1. Nikoloz Sherazadishvili (Ispaniya) – 3351 ochko

63(61). Davlat Bobonov – 323 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-100 kg:

1. Guxam Cho (Janubiy Koreya) – 3100 ochko

25(24). Muhammadkarim Xurramov – 891 (yoʻllanma zonasida)

+100 kg:

1. Guram Tushishvili (Gruziya) – 2705 ochko

6(6). Bekmurod Oltiboyev – 1724 ochko (yoʻllanma zonasida)

49(100+). Alisher Yusupov – 356 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

Ayollar:

-52 kg:

1. Natsumi Sunoda (Yaponiya) – 2650 ochko

34(36). Diyora Keldiyorova – 665 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-70 kg:

1. Kelita Zupanchich (Kanada) – 2602 ochko

36(33). Gulnoza Matniyazova – 600 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

Darvoqe, agar bitta vazn toifasida bir davlatlar ikki yoki undan ortiq dzyudochi olimpiada yoʻllanmasi zonasida boʻlsa, u holda qaysi sportchi Olimpiya oʻyinlariga borishi masalasini MOQ va sport federatsiya hal qiladi. Sportchilarga esa olimpiada reytingini yigʻishning soʻnggi muddati 2020-yil 25-may etib belgilangan.

OʻzA
3 248