O‘zA O`zbek

15.05.2019 20:36 Chop etish versiyasi

Dzyudo: Kubok bellashuvlarining dastlabki kun gʻoliblari aniqlandi

Dzyudo: Kubok bellashuvlarining dastlabki kun gʻoliblari aniqlandi

Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida dzyudo boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi start oldi. 

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Respublika dzyudo federatsiyasining yillik taqvim rejasidagi mazkur Kubok bahslarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. 17 may kuniga qadar davom etadigan ushbu musobaqada erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg. vazn toifalarida kuch sinashishsa, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 hamda +78 kg. vazn toifalariga koʻra gʻoliblik uchun tatamiga chiqishadi.

20190515133936_759A1824.JPG

Musobaqa reglamentiga koʻra, dastlabki kunda erkaklarning 60 va 66 kg. vazn toifasidagi, ayollarning esa 48, 52 hamda 57 kg. vazn toifalaridagi gʻolib va sovrindorlari nomi aniqlandi. Quyida birinchi kun doirasida kuchli uchlikni egallagan sportchilar bilan tanishing.

Erkaklar:
60 kg. vazn toifasi
1. Mirzohid Muhammadjonov (Fargʻona)
2. Azizbek Ashurov (Samarqand)
3. Elshodjon Isaqov (Fargʻona)
3. Xurshid Qodirov (Sirdaryo)

66 kg. vazn toifasi
1. Azamat Matyoqubov (Xorazm)
2. Vagif Ibadov (Samarqand)
3. Bahrom Boyqulov (Toshkent v.)
3. Doniyor Sultonboyev (Toshkent)

Ayollar:
48 kg. vazn toifasi
1.Yulyana Maxsetbayeva (QQR)
2.Dilola Dehqonboyeva (Namangan)
3.Dilnoza Suvonqulova (Qashqadaryo)
3. Gulshoda Xalilova (Namangan) 

52 kg. vazn toifasi
1. Zarnigor Rahmiddinova (Fargʻona)
2. Mahliyoxon Yoʻldosheva (Namangan)
3. Xoljon Bekmamatova (Xorazm)
3. Nigora Qalandarova (Xorazm)

57 kg. vazn toifasi
1. Amina Mamedova (Toshkent v.)
2. Madina Astanova (Jizzax)
3. Muxlisa Ganjiyeva (Xorazm)
3. Maxriban Gobenova (QQR).

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Marosimda dzyudo federatsiyasining mutasaddilari, sport jamoatchiligi, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olgan Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Roʻzimurod Choriyev, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi oʻrinbosari Bekzod Toʻraboyev, musobaqa bosh hakami Ilhom Adizovlar bugun yurtimizda sportga, xususan, sportning olimpiya turlariga boʻlgan eʼtibor natijasi oʻlaroq xalqaro sport maydonlarida yoshlarimiz tomonidan qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar alohida eʼtirofga sazovor boʻlayotgani taʼkidlab oʻtishib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi. Shundan soʻng badiiy jamoalarning diltortar navolari, badiiy gimnastikachi qizlarning koʻrgazmali chiqishlari yigʻilganlarni xushnud etdi.

Nuriddin DADAXONOV, Surxondaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari: - Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan yuksak eʼtibor bois, musobaqalarda sportchilarning ishtiroki faol boʻlmoqda. Mazkur Kubok bellashuvlarida ham barcha hududlardan ishtirok etayotgan sportchilar bor mahoratlarini ishga solib, gʻoliblik uchun kurash olib borishmoqda. Albatta, viloyat dzyudo federatsiyasining musobaqaga yuqori darajada hozirlik koʻrgani, dzyudo boʻyicha terma jamoamizning ham bellashuvlarga kuchli tayyorgarlik koʻrishgani yaqqol sezilib turibdi. Oʻylaymanki, terma jamoamiz musobaqa yakunida kuchlilar qatorida boʻlishadi va medallar shodasiga ega boʻlishadi. 

Musobaqalar 17 may kuniga qadar davom etadi.

OʻzA
666