Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.05.2018 17:19 Chop etish versiyasi

Dzyudo: Boburmirzo, Nilufar va Sitada oltin medallar...

Dzyudo: Boburmirzo, Nilufar va Sitada oltin medallar... Kecha Livan poytaxti Beyrut shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Qit’a g‘olibligi, shu bilan birga III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolar yig‘ish imkoniyati bo‘lgan ushbu turnirda o‘zbekistonlik yosh dzyudochilar ham ishtirok etishmoqda.

Yosh sportchilarimiz musobaqaning dastlabki kunidayoq sovrinlarni qo‘lga kirita boshlashdi.O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Boburmirzo Sharifjonov(-50kg) barcha raqiblarini yengib,oltin medal sohibi bo‘ldi. Shuningdek, Jayhunbek Nazarov(-66kg), Maqsud Ochilov (-55kg) kumush, Tehron Erkinov (-60kg) esa bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Nilufar Yermagambetova (-52kg) va Sita Qadamboyeva (-48kg) oltin, Halimajon Qurbonova (-44kg) kumush va Fotimaxon Tursunboyeva (-40kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Qit’amizning 20 mamlakatidan 400 nafarga yaqin sportchi g‘olib va sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan mazkur musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan o‘smirlar va yoshlar bilan tanishing:

O‘smirlar: BoburMirzo Sharifjonov (50kg), Maqsud Ochilov (55kg),Tehron Erkinov (60kg), Jayxunbek Nazarov(66kg),Ulug‘bek Bolkiboyev (73kg),Shaxboz Umirzoqov (81kg),Jasur Sharofiddinov(90kg),Temurbek Xojiyev (+90kg).

Qizlar: Fotimaxon Tursunbayeva (40kg), Xalima Qurbonova (44kg), Nodira Egamberdiyeva(48kg),Sita Qadamboyeva(48 kg), Nilufar Yermaganbetova (52kg),

-Farangiz Xojiyeva (57kg), Farangiz Xolmurodova(63 kg), Gulchexra Bobomurotova (+70kg).

Murabbiylari - Iskandar Rasulov, Ulug‘bek Azizov, Shoira Masharipova.

Yoshlar: Hasan Botirov (55kg),: Manuchehr Shirinov (60kg), Behruz Omandavlatov (66kg),

Dilshodbek Yo‘ldoshev (66kg), Obidxon No‘monov (73kg), Yusufbek Normamatov (81kg),

Rufat Xudakov (90kg),Shaxboz Po‘latov (100kg), Alisher Yusupov (+100kg), Beknazar To‘raqulov (+100kg).

Qizlar: Gulnur Muratboyeva (44kg),Ruskajon Yuldasheva (48kg), Diyora Keldiyorova (48kg), Ibodatxon Og‘ajonova (57kg), Xojinisa Kamoldinova (63kg), Nodira Yo‘ldosheva (78kg), Rinata Ilmatova (+78kg).

Murabbiylari - Lochin Toshaliyev, Bayrambay Satullayev.

Musobaqa 13 mayga qaydar davom etadi.

2 724