Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 14:50 Chop etish versiyasi

Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati oliy liga bahslarining 17-tur uchrashuvlari yakunlandi

Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati oliy liga bahslarining 17-tur uchrashuvlari yakunlandi Chempionatning ushbu turida Toshkentning «Paxtakor» klubi o‘z maydonida Farg‘onaning «Neftchi» jamoasini qabul qildi. O‘yinning dastlabki bo‘limida har ikkala jamoa a’zolari hujumkor o‘yin namoyish etgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Biroq bahsning ikkinchi bo‘limida poytaxtlik futbolchilar bor e’tiborni hujumga qaratdi va yakunda raqiblarini 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

«Lokomotiv» jamoasi Jizzaxda «So‘g‘diyona» bilan kuch sinashdi. O‘yinda «temiryo‘lchi"lar 4:0 hisobida zafar quchdi. Turning kutilmagan natijasi «Buxoro» (Buxoro) – «Nasaf» (Qarshi) uchrashuvida qayd etildi. Mazkur bahsda buxoroliklar raqibini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, «Metallurg» (Bekobod) o‘z maydonida «Mash’al» (Muborak)ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

«Qo‘qon – 1912» (Qo‘qon) – «Obod» (Toshkent), «Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Dinamo» (Samarqand), «Bunyodkor» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) uchrashuvlari 1:0 hisobida yakunlandi. «Navbahor» (Namangan) jamoasi «Qizilqum» (Navoiy) ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Musobaqa jadvalida «Lokomotiv» jamoasi 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
1 369






Все о погоде - Pogoda.uz