O‘zA O`zbek

02.08.2018 16:16 Chop etish versiyasi

Dunyodagi eng qimmat 20 nafar yosh futbolchi

Dunyodagi eng qimmat 20 nafar yosh futbolchi

“Soccerex“ sayti yaqinda eng qimmat 20 nafar eng qimmat yosh futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Ularning umumiy qiymati esa 1 milliard yevroni tashkil etadi. Dahshat-a?!

Albatta, futbolchilarning narxi oshib ketishiga asosiy sabab sifatida ko‘pchilik Neymarning 222 million yevroga “Barselona”dan PSJga o‘tganini ko‘rsatmoqda.

Darhaqiqat, bu nafaqat keksa futbolchilarning narxiga, balki yosh o‘yinchilarning summasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Jamoalar 1997-yildan keyin tug‘ilgan futbolchilarini endi juda qimmatga pullashmoqda.

Prime Time Sport tomonidan tayyorlangan futbolchilarning qiymat indeksidan foydalanib, futbolchining narxi quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilandi:

- yoshi;

- saviyasi;

- jamoasi;

- texnik imkoniyati;

- to‘p bilan muomalasi;

- maydonda harakat qilgan daqiqalari;

- jarohat olish darajasi;

- xalqaro qiymati va boshqa turli xil tekshiruvlar asosida tuzib chiqildi.

Eng yaxshi 20 futbolchining oxirgi 12 oydagi (892 million yevro ya’ni 1.2 milliard dollar) narxi 66 % ga oshgan.

20. Chingiz Under

094326887-90cfe558-08b8-4ce6-92fb-3b4200424ef8.jpg

“Roma”

31.9 million yevro

1997-yil. Yarim himoyachi

Turkiyalik futbolchini rimliklar 2017-yilning yozida 13 million yevroga sotib olgan. Bugungi kunda esa Chingizning narxi deyarli uch baravar oshgan. Uning Chempionlar Ligasidagi ilk goli “Shaxtyor” darvozasiga kiritilgan. Turkiyalik futbolchini kelajakda grand jamoalar tarkibida ko‘rib qolsak kerak.

19. Allan Saint-Maximin

allan-saint-maximin-nice-2017_1gm7vmcunk5hb1q9f94987th5c.jpg

“Nitsa”

31.9 million yevro.

1997-yil. Yarim himoyachi

“Gannover” hamda “Bastia” klublarida o‘zini ko‘rsatgan futbolchi “Monako”ga ko‘chib kelganidan so‘ng yana jamoasini o‘zgartirdi. Hozirda o‘zining driblinglari bilan “Nissa” klubi muxlislarini xushnud etib kelmoqda.

18. Houssem Auar

houssem-aouar-lyon_1j8dwpy95rb3u1v4lby8fcamrk.jpg

“Lion”

34.5 million yevro

1998-yil. Yarim himoyachi

“Lion” yarim himoyachisi 2017/18-yilgi mavsumda jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lib oldi. U allaqachon “Liverpul” hamda “Barselona” klubi skautlari nazariga tushib bo‘lgan. Ammo uning hali Lion shahridan ketish niyati yo‘q.

17. Patrik Kutrone

patrick-cutrone-ac-milan-1718_12wyjxwmjnu541bfb8cd500fo6.jpg

“Milan”

35 million yevro

1998-yil. Hujumchi

2017-yilgi mavsumda “Milan” klubi katta xarajatlarni amalga oshirdi. Shubhasiz, sotib olingan futbolchilarning orasida eng samarali transferlardan bir Kutrone bo‘ldi. U “Milan”ning sobiq hujumchisi Filippo Inzagi singari debyut mavsumida har uch o‘yinda bittadan gol urdi va o‘zining ajoyib mavsumini o‘tkazdi.

16. Dayot Upamekano

1150510_original.jpg

“RB Leypzig”

39.6 million yevro

1998-yil. Himoyachi

19 yoshli futbolchi “Leypzig” safida 18 oydan buyon ajoyib futbolchi ekanligini isbotlab kelyapti. U Fransiyaning 21 yoshgacha bo‘lgan termasi asosiy futbolchilaridan. Dayot allaqachon “Barselona” yoki “Manchester Yunayted” klublari bilan og‘zaki shartnoma tuzib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

15. Rodrigo

459665.jpg

“Santos”

40 million yevro

2001-yil. Hujumchi

17 yoshli futbolchiga bir qancha klublardan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Ammo u faqat “Real”ning telefoniga javob berdi. Rodrigo “Real Madrid” jamoasiga 45 million funt sterling mablag‘ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu yoshdagi futbolchilar orasida Lotin Amerikasi klublari uchun haqiqiy rekord ko‘rsatkichdir.

14. Vinisus Junior

manchester-united-v-real-madrid-international-champions-cup-2018-5b61932b1ad6269c8e000002.jpg


“Real Madrid”

45.1 million yevro

2000-yil. Hujumchi

Braziliyalik hujumchi yaqindagina Madridga ko‘chib o‘tdi. Rodrigo singari Vinisus ham 12 oy avval Ispaniya grandi safiga o‘tishga rozi bo‘ldi. Madridliklar uchun “Flamengo” futbolchisi juda qimmatga tushdi.

13. Mattias de Layt

149256407586318_49950365_1280.jpg

Ayaks

50.4 million yevro

1999-yil. Himoyachi

Dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan futbolchi, Yevropaning bir qator grand klublari nishonida. “Barselona”, “Yuventus”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” jamoalari de Laytga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

12. Trent Aleksandr-Arnold

Screen_Shot_2018_06_04_at_03.54.34.0.png

“Liverpul”

50.7 million yevro

1999-yil. Himoyachi

Arnold o‘tgan mavsumda Kloppning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib oldi. Futbolchi Angliyaning 19 yoshgacha futbolchilari orasida eng iqtidorli o‘yinchilardan sanaladi. Shu sababdan uni Sautgeyt ham Rossiya maydonlariga olib keldi.

11. Rayan Sessegnon

1524043780_897934_1524043867_noticia_normal.jpg

“Fulhem”

51.3 million yevro

1999-yil. Himoyachi

Sessegnon o‘tgan mavsumda Chempionshipning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi. “Fulhem”ning Primer-ligaga chiqishida o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. Ushbu mavsumni “Kraven Kottage”da o‘tkazadigan futbolchi bilan kim shartnoma imzolamoqchi bo‘lsa, endi 12 oy kutishlariga to‘g‘ri keladi.

10. Mikel Oyarzabal

1455549718_251027_1455549828_noticia_grande.jpg

“Real Sosedad”

51.3 million yevro

1997-yil. Hujumchi

Ispaniyada unga eng umidli futbolchi sifatida qaraladi. Yaqin kelajakda Oyarzabal terma jamoaning asosiy figuralaridan biri bo‘lishi kutilyapti. Mikel termaga yangi ruh olib kiradi. Uni yaqin vaqtlar ichida “Roma”da ko‘rishimiz ham mumkin.

9. Leon Bailiy

1145647_original.jpg

“Bayer Leverkuzen

56.5 millon yevro

1997-yil. Hujumchi

Vinger o‘tgan mavsumda klubda ham, terma jamoada ham birdek samarali o‘yin ko‘rsatdi. U kelajagini hozircha rejalashtirganicha yo‘q. Ammo “Chelsi”ning transferlar ro‘yxati jamlangan listda u birinchi o‘rinlarda turibdi.

8. Kristian Pulishich

christian-pulisic-dortmund_1thgv79c7qhdv1sizdq3e7rtmv.jpg

“Borussia Dortmund”

61.2 million yevro

1998-yil. Yarim himoyachi

USMNT (Amerika Qo‘shma Shtatlari erkaklar milliy termasi) ning tojidagi marvaridi deya baholanayotgan futbolchi, o‘tgan mavsumda dortmundliklar safida juda yaxshi harakat qilganicha yo‘q. U hali o‘z potensialini to‘liq namoyish etmadi. Biroq yaqin kelajakda hammasi o‘zgarib ketishiga umid bog‘lamoqda.

7. Janluijji Donnaruma

gianluigi-donnarumma-milan_el6ud3476vse1gxxcvpjqyyaf.jpg

“Milan”

62.8 million yevro

1999-yil. Darvozabon

Pulishich singari Donnaruma ham o‘tgan mavsum kutilgan o‘yinlarni ko‘rsata olmadi. Uning harakatlaridan muxlislari zavq olisha olmadi. Biroq so‘nggi 12 oy ichida uning transfer bahosi 50 % ga oshgan. Bu esa “Liverpul”ni “Roma”dan tezroq Alissonni sotib olishiga turtki bo‘ldi.

6. Federiko Kiyesa

rue1dc5e3dadf.jpg

“Fiorentina”

63.6 million yevro

1997-yil. Hujumchi

Futbolchiga “Chelsi”, “Tottenham” va “Liverpul” qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, Kiyesani “A” seriyada olib qolish uchun “Milan”, “Inter” hamda “Roma” klublari kurashyapti. Shu bois “Fiorentina” ushbu mavsum uni bozorga solib ko‘rishi kerak.

5. Malkom

2378498-49468730-2560-1440.jpg

“Barselona”

64.6 million yevro

1997-yil. Hujumchi

“Liga 1”ning o‘tgan mavsumdagi yulduzlaridan biri bo‘lgan futbolchini “Roma” sotib olishi uchun bir baxya qolganida “Barselona” ilib ketdi. Uning kelajagini ekspertlar juda yorqin, deya baholashmoqda.

4. Usmon Dembele

5a7ef4b574758f97ef000001.jpg

“Barselona”

84.3 million yevro

1997-yil. Hujumchi

12 oy oldin uning narxi 60 million yevrolar atrofida edi. “Barselona”ga o‘tganidan so‘ng biroz yuqoriladi. Dembele ushbu mavsum “Kamp Nou”da o‘zini ko‘rsata olmasa, klub chiqish eshiklarini ochib qo‘yishi tayin. U o‘z ustida ko‘proq ishlashi va asosiy tarkibdan muqim o‘rin egallashga intilishi lozim.

3. Gabriyel Jezus

gabriyel-jesus-alo-mae-leicester.jpg

“Manchester Siti”

88 million yevro

1997-yil. Hujumchi

Bir yil davomida uning narxi deyarli ikki barobar oshdi. Jezus “Siti” bilan chempionlikka erishgan bo‘lsa-da, terma bilan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo u o‘z ustida ishlashda davom etsa, yaqin kelajakda yangi Ronaldoni ko‘rishimiz mumkin.

2. Markus Reshford

1119370669.jpg

“Manchester Yunayted”

89.2 millon yevro

1997-yil. Hujumchi

Bir yil avval uning narxi 50 million yevro edi. Joze kelganidan buyon u, o‘z o‘yinlarini ko‘rsata olganicha yo‘q. Biroq yaqin kelajakda undan ham yorqin o‘yinlar kutib qolamiz. Reshford Angliya termasi bilan jahon chempionatida qatnashdi. Ushbu mavsumda uni “Yunayted”ning asosiy tarkibida ko‘rib qolsak kerak.

1. Kilian Mbappe

1139403296.jpg

PSJ

192.3 millon yevro

1998-yil. Hujumchi

Mbappe haqida uncha ko‘p gapirishning hojati yo‘q. Rossiyadagi jahon chempionatida u o‘zining top darajadagi o‘yinlarini namoyish qila oldi. Shu sababli JCH ning “Eng yaxshi yosh o‘yinchisi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Ushbu mavsumda undan yanada chiroyliroq o‘yin kutib qolamiz.

Mbappeni “Real Madrid” klubi qo‘lga kiritish uchun bir necha bor harakat qilib ko‘rmoqda. Ronaldu jamoadan ketganidan so‘ng uning “Real”ga o‘tish imkoniyatlari kamayib ketdi. Yaxshi bilasiz “uchar portugal” Kilianning kumiri hisoblanadi. Agar u haqiqiy kuchli futbolchi bo‘lishni niyat qilsa, tezroq top klublarning biriga o‘tishi darkor.


Shohrux No'monov, O'zA
5 185