O‘zA O`zbek

06.01.2018 23:30 Chop etish versiyasi

Dunyo tennisida dastlabki g‘oliblar aniqlandi

Dunyo tennisida dastlabki g‘oliblar aniqlandi Bugun jahon tennisining yangi mavsumida Simona Xalep, Elina Svitolina hamda Jil Simon ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.

Xitoyda o‘tkazilgan “WTA Shenzhen Open – 2018” turnirida dunyoning birinchi raqamli tennischisi ruminiyalik Simona Xalep yakkalik bahslarida chexiyalik Katerina Sinyakovani 6:1, 2:6, 6:0 hisobida yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, u mazkur turnirda hamyurti Irina-Kameliya Begu bilan juftliklar o‘rtasida g‘alaba qozondi.
Simona-Halep-wins-Shenzhen-Open.jpg

Ukrainalik Elina Svitolina Avstraliyada tashkil etilgan “Brisbane International – 2018” musobaqasining finalida belaruslik Aleksandra Sasnovich ustidan 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

1130865268.jpg
Professional tennischilar uyushmasi – ATR tomonidan Hindistonda o‘tkazilgan “Tata Open Maharashtra – 2018” turnirining so‘nggi bosqichida fransiyalik Jil Simon JAR sharafini himoya qilgan Kevin Andersonni mag‘lubiyatga uchratdi va joriy yildagi ilk sovriniga ega bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
8 809