O‘zA O`zbek

07.08.2016 17:18 Chop etish versiyasi

Diyorbek O‘rozboyev – Olimpiya o‘yinlari sovrindori

Diyorbek O‘rozboyev – Olimpiya o‘yinlari sovrindori Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudochimiz Diyorbek O‘rozboyev O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga dastlabki medalni keltirdi. 

Nufuzli musobaqaning dzyudo bo‘yicha vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida qatnashgan iqtidorli   sportchimiz Avstraliya, Shveytsariya, Braziliya va Gruziya terma jamoalari a’zolarini mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalga sazovor  bo‘ldi. 

Bayram Aytmurodov, O‘zA
9 551