Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy firma va kompaniyalar vakillari o‘rtasida an’anaviy shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilishida mamlakatimiz tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari A.Nosirov va boshqalar O‘zbekistonda barcha davlatlar bilan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani qayd etildi.

Sport turlarini rivojlantirish hamda ommalashtirishga, madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilayotgan e’tibor mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatlar hayotida ham o‘z ifodasini topayotir. Elchixonalar va xalqaro tashkilotlar xodimlari o‘rtasida shaxmat va futbol bo‘yicha muntazam o‘tkazib kelinayotgan turnirlar, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazma, anjuman va festivallar hamkor davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni yanada ravnaq toptirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada AQSh, Vetnam, Germaniya, Gruziya, Indoneziya, Kuvayt, Latviya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Chexiya, Shveytsariya, Hindiston va boshqa davlatlarning elchixonalari, BMT Taraqqiyot dasturi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, «Lukoil Uzbekistan Operating Company» mas’uliyati cheklangan jamiyati, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari o‘zaro kuch sinashdi.

Turnirda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa “Lukoil Uzbekistan Operating Company” mas’uliyati cheklangan jamiyati, uchinchi o‘ringa esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari sazovor bo‘ldi.

Diplomatlarning shaxmat turniri doirasida ilk marta o‘tkazilgan bolalar o‘rtasidagi shaxmat bahslarida esa birinchi o‘rinni “Lukoil Uzbekistan Operating Company” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakili, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent xalqaro maktabi vakillari qo‘lga kiritdi.

– Avvalambor Navro‘z bayrami tantanalarini mehmondo‘st O‘zbekiston xalqi bilan birga nishonlaganimdan g‘oyat mamnun ekanimni alohida ta’kidlashni istardim, – dedi Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. – Diplomatik korpus vakillari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan mazkur shaxmat musobaqasi ishtirokchilarining soni yil sayin oshib borayotgani juda quvonarli. U bu gal ham do‘stona ruhda o‘tdi. Tarixi uzoq asrlarga borib taqaluvchi shaxmatga qiziqishim katta. Ushbu turnir O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchixonalar vakillari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diplomatlarning shaxmat bahsi