O‘zA O`zbek

04.08.2019 18:20 Chop etish versiyasi

Dilnoza va Nilufar kumush medalni qoʻlga kiritdi

Dilnoza va Nilufar kumush medalni qoʻlga kiritdi

Ruminiyaning Puteshti shahrida yakunlanib borayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining soʻnggi kuni ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.

Musobaqaning 500 metr masofada kanoening juftlik yoʻnalishida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, Dilnoza va Nilufar kecha 200 metr masofada gʻalaba qozongan edi. Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur jahon chempionatini 2 oltin va 1 kumush medal bilan yakunladi.

Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA
2 210