O‘zA O`zbek

15.09.2018 Chop etish versiyasi

Davis Cup – 2018: Bugun juftlik bahslari start oladi

Davis Cup – 2018: Bugun juftlik bahslari start oladi

Bugun Devis Kubogi doirasida Buyuk Britaniya hamda Milliy termamiz oʻrtasida tennis musobaqasining juftlik uchrashuvi oʻtkaziladi.

Unda inglizlar sharafini Dominik Ignolt va Jemi Myurrey himoya qilishadi. Oʻzbekiston nomidan esa birinchi raqamli tennischimiz Denis Istomin hamda Sanjar Fayziyev kortga tushishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Kecha tunda boʻlib oʻtgan Joʻrabek Karimov hamda Kameron Norri oʻrtasidagi uchrashuvda hamyurtimiz dastlabki ikkita geymni 0:6, 5:7 koʻrinishida yutqazib qolgan uchta geymni 7:6, 6:2, 6:2 koʻrinishida oʻz hisobiga yozdirib irodali gʻlabani qoʻlga kiritdi va umumiy 1-1 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi uchrashuvda Denis Istomin britaniyalik raqibi Daniyel Evansga 6:7, 6:4, 6:0, 4:6, 5:7 hisob koʻrinishlarida magʻlub boʻlgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Devis Kubogi 14-16-sentabr kunlari Buyuk Britaniyaning Glasgov shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

2 764
O'zA