O‘zA O`zbek

07.02.2018 00:16 Chop etish versiyasi

Denis Istomin “Diyema Xtra Sofia Open – 2018” musobaqasining ikkinchi davrasida

b8f7afc7e84e7921d6983cf1253b15cf.jpg

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Bolgariyaning Sofiya shahrida o’tkazilayotgan “Diyema Xtra Sofia Open – 2018” musobaqasining birinchi davrasida mezbon tennischisi Adrian Andreyev bilan raqobatlashdi.


Denis mazkur o’yinda 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi u musobaqaning ikkinchi bosqichida latviyalik Ernest Gulbis va serbiyalik Viktor Troiski uchrashuvi g’olibiga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, musobaqaning ilk davrasida Lukash Lasko (Slovakiya) hamda Joao Souza (Portugaliya) g’alaba qozondi.

Javohir Toshxo’jayev, O’zA
6 800