Davis Cup – 2018: Juftlikda magʻlubiyat
Avval xabar berganimizdek, bugun Britaniyaning Glasgov shahrida tennis boʻyicha Devis Kubogi bahslarining juftlik uchrashuvida hamyurtlarimiz Denis Istomin hamda Sanjar Fayziyevlar mezbonlar vakili Dominik Ignolt va Jemi Myurrey tandemiga qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvning dastlabki setini 6:4 hisobida zafar quchgan vakillarimiz, qolgan setlarni qoʻldan boy berdi – 7:6, 6:2, 6:3.
Ertaga yakkalik bahslarida birinchi raqamli tennischimiz Denis Istomin britaniyalik Kameron Norriga qarshi kortga chiqsa, boshqa bir vakilimiz Joʻrabek Karimovning raqibi Daniyel Evans boʻlishi kutilmoqda.