O‘zA O`zbek

22.01.2018 09:45 Chop etish versiyasi

Darya Domracheva Italiyada g‘olib bo‘ldi

Darya Domracheva Italiyada g‘olib bo‘ldi Italiyaning Antxols-Anterselva shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining oltinchi bosqichi yakunlandi.

Mazkur bosqichning so‘nggi poygasida erkaklar va ayollar mass-start yo‘nalishida kuch sinashdi. Unda fransiyalik Marten Furkad barcha raqiblarini orta qoldirib musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, norvegiyalik Taryey Byo va Erlenn Byontegor, ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni egalladi.

Ayollar o‘rtasida belaruslik Darya Domracheva to‘rt otishda birgina xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Undan 11.9 soniya ortda qolgan slovakiyalik Anastasiya Kuzmina ikkinchi, finlyandiyalik Kaysa Myakyaryaynen esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Jahon kubogining umumhisobida Kaysa xotin-qizlar o‘rtasida 592 ochko bilan, Marten Furkad esa 834 ochko bilan birinchi pog‘onada bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
8 554