O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Chim ustida xokkey: hamyurtlarimiz Markaziy Osiyo kubogida sovrindor boʻldi

Chim ustida xokkey: hamyurtlarimiz Markaziy Osiyo kubogida sovrindor boʻldi

Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasi tomonidan joriy yil 2-8-sentyabr kunlari Qozogʻistonning Toldiqoʻrgʻon shahrida ushbu sport turi boʻyicha erkaklar oʻrtasida Markaziy Osiyo kubogi oʻtkazildi.

Mazkur musobaqada Osiyo qitʼasining 8 ta davlatidan kelgan milliy terma jamoalar gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi. Jumladan, Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi ham Markaziy Osiyo kubogida munosib ishtirok etdi.

Terma jamoamiz musobaqaning 3-oʻrni uchun kechgan uchrashuvda Ummon ustidan gʻalaba qozondi va yakunda musobaqaning bronza medaliga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 10-sentyabr kuni yurtimizga qaytib keladi.

2 089
OʻzA