O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

Chim ustida xokkey bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoalarimizning xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlari tobora ortib bormoqda

Chim ustida xokkey bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoalarimizning xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlari tobora ortib bormoqda

Shunday yutuqlaridan biri Qirg‘iziston respublikasining Toldiqo‘rg‘on shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada qo‘lga kiritildi. Renat Mamatkazin ustozligidagi mamlakat terma jamoasi qit’aning sakkiz davlatidan ishtirok etgan Markaziy Osiyo Kubogida faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Chim xokkeychilarimiz turnirda Tojikiston (3:0) va Qozog‘istonning ikkinchi termasini (1:0) mag‘lubiyatga uchratgan xolda qo‘shni qozog‘istonliklarning asosiy termasiga imkoniyatni boy berishdi (0:1). So‘ngg turda Ummon termasi bilan qayd etilgan durang (1:1) natija esa hamyurtlarimizga bronza medalni hadya etdi.

1 436
Oybek YuNUSOV, O‘zA