Buxoroda “Sport – salomatlik garovi” shiori ostidagi respublika spartakiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan korxona-tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni sportga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan spartakiadada 200 dan ziyod ishtirokchi sportning 6 turi bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Stol tennisi, badminton, suzish, shaxmat-shashka bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Vohid Sulaymonov, Muhammad Jo‘rayev, Bilol Bozorov, Sherali Boltayev, Shuhrat Mahmudov birinchi o‘rinni egalladi. Ayollar o‘rtasidagi bahsda Zulayho Qayumova, Ra’no Azimova, Manzura Sa’dullaeva, Zilixa Jo‘rayeva, Maftuna Hazratova g‘olib bo‘ldi. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasida Buxoro shahri jamoasiga teng keladigani topilmadi.

– Sport bilan oshno bo‘lgan kishining ishida baraka bo‘ladi, – deydi stol tennisi bo‘yicha g‘oliba Manzura Sa’dullaeva. – Men sportning yengil atletika, suzish va stol tennisi turlariga yoshligimdan qiziqaman. Hozir nafaqa yoshida bo‘lsam-da, umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlamoqdaman. O‘quvchilarim orasida sport bilan muntazam shug‘ullanayotganlar juda ko‘p.

Spartakiadada “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi”, “Eng mahoratli havaskor sportchi”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun”, “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda havaskor sportchilar o‘rtasida spartakiada musobaqalari o‘tkazildi