Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.04.2018 16:50 Chop etish versiyasi

Buxoro “Fyuchers” turniriga chorlaydi

Buxoro shahridagi “Dilkusho” tennis markazida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musoboqalari turkumiga kiruvchi erkaklar o‘rtasida “Fyuchers” turniri boshlandi.

Sovrin jamg‘armasi 25 ming dollar bo‘lgan mazkur musobaqada Rossiya, Yaponiya, Ukraina, Xitoy, Hindiston, Belarus, Argentina kabi 13 mamlakatdan 32 nafar raketka ustasi ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar orasida yurtimizning 8 nafar vakili ham kuch sinashmoqda.

Buxoroda o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turnirining nufuzi yildan-yilga oshib borayotir. Uning bu yilgi qatnashchilari orasida jahon tennischilari reytingida o‘z mavqeini tobora yaxshilayotgan Xiroki Moriya (Yaponiya), Konstantin Kravchuk, Yevgeniy Tyurnev (Rossiya), Dmitriy Jirmont (Belarus) hamda yurtdoshimiz Sanjar Fayziyev va boshqalar bor.

Bugun tushdan so‘ng bosh sovrin uchun kurashadigan raketkachilar o‘rtasida qur’a tashlandi. Kechga yaqin qator dastlabki o‘yinlar o‘tkazilib, navbatdagi bosqichga chiquvchilar aniqlanadi.

Musobaqada juftlik bellashuvlari g‘olibi 20 aprelda, yakkalik bahslari esa 21 aprelda aniqlanadi.

Erkin Yodgorov, O‘zA
2 008