O‘zA O`zbek

08.09.2018 11:11 Chop etish versiyasi

Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlari. Alisher Xudoyberdiyevdan oltin medal

Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlari. Alisher Xudoyberdiyevdan oltin medal

Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlpon-ota shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida dunyoning 41 davlatidan 54 nafar sportchi ishtirok etgan ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi) boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda vakillarimiz Alisher Xudoyberdiyev (-80 kg.) oltin medalni qoʻlga kiritdi.

8.730x400.jpg

Shuningdek, ushbu bahsda Islom Nosirov mutlaq vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Gyulesh (Azarbayjon kurashi) boʻyicha oʻtkazilgan oʻyinlarda yurtdoshimiz Sherali Shodmonov (-80 kg.) bronza medaliga sazovor boʻldi.

10.730x400.jpg

Kecha oʻtkazilgan kurash boʻyicha musobaqada jamoamiz aʼzolari Muxriddin Tilovov (-66 kg.) va Temurxon Toʻrayev (-81 kg.) oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

OʻzA
1 556