O‘zA O`zbek

06.08.2020 Chop etish versiyasi

Butunjahon karate federatsiyasi (WKF) trenerlarning onlayn akkreditatsiyasi kursini ochmoqda

Butunjahon karate federatsiyasi (WKF) trenerlarning onlayn akkreditatsiyasi kursini ochmoqda

Butunjahon karate federatsiyasi (WKF) trenerlar akkreditatsiya kursining onlayn koʻrinishini eʼlon qildi. Yangi onlayn dastur koronavirus tarqalgan sharoitda trenerlarga akkreditatsiya darajasini masofadan turib olish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Virtual va jozibali shaklda taqdim etilgan onlayn kurs www.elearning-wkf.net saytida joylashtirilgan. Kursning davomiyligi – olti oy. Trenerlar sertifikat olishdan avval turli modullardan oʻtishlari kerak boʻladi. Onlayn-seminarlar va darslar ham kurs muddatiga kiritilgan.

Kurs “trener”, “sportchi”, “sportchining farovonligi”, kata va kumite boʻyicha musobaqalar, shuningdek, “hakamlik” kabi olti modulni qamrab olgan. Kurs doirasida olingan litsenziya WKF faoliyati yana boshlanganidan keyingi uch yil davomida amal qiladi.

Trenerlar yangi akkreditatsiya kursining birinchi onlayn seminari avgust oyi oxirlariga moʻljallangan.

8 849
O'zA