O‘zA O`zbek

25.10.2019 Chop etish versiyasi

Butunjahon harbiylar o‘yinlari: taekvondochilarimizdan to‘rtta medal

Butunjahon harbiylar o‘yinlari: taekvondochilarimizdan to‘rtta medal

Kecha Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon harbiylar o‘yinlarida navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi.

Xabar berganimizdek, bellashuvlarda taekvondochilarimiz ajoyib natija qayd etib, delegatsiyamizning umumjamoa hisobida yanada yuqori pog‘onadan joy olishiga katta hissa qo‘shishdi (150ga yaqin mamlakat orasida 8-o‘rin).

Kecha -49 kilogramm vazn toifasida Madinabonu Mannopova oltin medallar shodasini boshlab bergan edi. Shuningdek, Svetlana Osipova (+73 kg) hamda Ulug‘bek Rashitov (-58 kg) ham o‘z hisobiga navbatdagi oltin medalni yozib qo‘ygan bo‘lsa, Sardor Toirov (-68 kg) finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa taekvondochilarimiz ayni paytgacha 3ta oltin va 1ta kumush medalni qo‘lga kiritib ulgurdilar. Taekvondo bahslari yana 2 kun davom etadi. Bugun bahslarga kirishadigan vakillarimizning ilk raqiblari bilan tanishing:

-53 kg: Charos Qayumova – Maram Ezat (Misr)
-62 kg: Feruza Sodiqova – Yuliya Tarutina (Rossiya)
-54 kg: Otabek Turg‘anbekov – Yunchul Pak (Janubiy Koreya)
-63 kg: Niyaz Po‘latov – Islomgali Abuov (Qozog‘iston)

Yana bir ahamiyatli jihati ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan taekvondochilar Olimpiada va jahon reyting uchun 20 ballga ham ega bo‘lishadi.

1 100
O‘zA