Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqdi.

Qit’amiz futbol klublarining nufuzli musobaqasida ishtirok etishning o‘zi katta muvaffaqiyat. Shu bois, har bir bosqich uchrashuvlari murosasiz o‘tadi. Buni Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichi bahslari ham ko‘rsatdi.

Mazkur bosqichda "Bunyodkor" jamoasi Qatarda "Al-Jaish" mehmoni bo‘ldi. Guruh bosqichiga chiqish istagi kuchli bo‘lgani uchun har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan o‘ynadi. Yo‘l qo‘yilgan har bir xato jamoalarga qimmatga tushishi mumkin edi. Jamoalar asosan himoyaviy o‘yin namoyish etdi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha taymlarida hisob ochilmagach, g‘olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda "Bunyodkor" jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi.

Endi "Bunyodkor" jamoasi "S" guruhida Saudiya Arabistonining "Al-Ahli", Eronning "Zob Ahan" va Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ayn" klublari bilan raqobatlashadi. Guruh bosqichining birinchi tur uchrashuvlari 21-fevral kuni o‘tkaziladi. Ilk turda "Bunyodkor" safarda "Al-Ahli" mehmoni bo‘ladi. Afsuski, yana bir jamoamiz – Qarshining "Nasaf" klubi Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokini pley-off bosqichida to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Saudiya Arabistonida "Al-Fath" jamoasi bilan bahslashgan "Nasaf" kichik (0:1) hisobda imkoniyatni boy berdi va guruh bosqichiga chiqa olmadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunyodkor Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi