Buenos-Ayres 2018. Gulbahor Fayziyeva terma jamoamizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi!
Buenos-Ayres shahrida III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom ettirilmoqda. Biroz avval hamyurtlarimiz tomonidan yana bir oltin medal qoʻlga kiritildi.
Buenos-Ayres shahrida III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom ettirilmoqda. Biroz avval hamyurtlarimiz tomonidan yana bir oltin medal qoʻlga kiritildi.
Baydarka va kanoe boʻyicha qizlar oʻrtasidagi yakkama-yakka bahslarda ishtirok etgan Gulbahor Fayziyeva terma jamoamiz uchun muhim boʻlgan oltin medallarga ega chiqdi. Hamyurtimiz musobaqa davomida Yangi Zelandiya, Belorus, Qozogʻiston vakilalaridan ustun kelib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi chiqishda esa vengriyalik sportchini magʻlubiyatga uchratdi va oltin medal sohibasiga aylandi.
Bu Oʻzbekiston sport delegatsiyasining Argentinadagi toʻqqizinchi medalidir. Hamyurtlarimiz hisobida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qoʻlga kiritilgan.