Buenos-Ayres - 2018: Dolera Davronova bronza medali sohibasi
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda.
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda.
Ushbu “kichik Olimpiada”da oʻzbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Hamyurtlarimizning zafarli yurishini bugun ogʻir atletikachimiz Dolera Davronova davom ettirdi.
+63kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dolera dast koʻtarishda 92kg., siltab koʻtarishda esa 125kg. tosh koʻtardi. Umumiy hisobda esa 217kg natija koʻrsatib, uchinchi koʻrsatkichni qayd etdi va oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarining bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, oʻzbekistonlik sportchilar hisobida medallar soni sakkiztaga yetdi. Ularning 2 tasi oltin, 3 tasi kumush va 3 tasi bronza medallaridir. 1 ta oltin va yana 1 ta bronza medali mikst bahslarida qoʻlga kiritilgan.