Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.08.2018 14:46 Chop etish versiyasi

Bu kimning “Real”i?

Bu kimning “Real”i?

Balki hozir yozadigan fikrlarimning birortasiga qo‘shilmassiz. Shuningdek, ishonishga ham majbur emassiz.

Xohlaysizmi-yo‘qmi biz bilgan “Real” Ronalduga ipsiz emas, juda yo‘g‘on arqon bilan bog‘lanib qolgan ekan. Ha, shunday.

Jamoaning kechagi natijasi uchun murabbiy javobgar deb o‘ylaganlar adashadi. “Atletiko” zo‘r o‘ynadi, deb o‘ylasangiz ham adashasiz. Keling, kuch, omad, ishonch va yana yana allambalolar bilan o‘zimizni aldamaylik. Ronalduga bog‘langan ekan. Tamom!

Ronaldusiz “Leganus”u “Alaves”larni yutishlarini ko‘rib, bo‘ldi, “Real” Krishtianusiz ham o‘ynay olar ekan degan, tasavvur paydo bo‘lib qolgandi. Keyin bilsak, aldangan ekanmiz. Aniqrog‘i, o‘zimizni aldab yurgan bo‘lib chiqdik.

Portugal-v-Spain-Group-B-2018-FIFA-World-Cup-Russia-1.jpg

Kecha “qaymoqranglilar”ning hujumini yakunlovchi futbolchi topilmadi. Shunday. Nahotki, butun asr davomida istalgan jamoaga, o‘zi istaganicha gol uradigan klubda tuzuk bir hujumchi topilmasa. Qizig‘-a?!

Murabbiy mavsumoldi o‘yinlaridagi g‘alabalarga sarmast bo‘lib qolgan ko‘rinadi. Hali bir muqim taktikaga ham ega emasdek. Kecha klub “Barsa”ga o‘xshab o‘ynadi. Tavba. Ilgarigi qarshi hujumlardan asar ham yo‘q. Hammayoq “tiki-taka”.

6690967c65d878bf2fe81f97dd3cfcd06b350377.jpg

Balki “Atletiko” yozgi transferlar davomida foydali xaridlarni amalga oshirdi-ku dersiz, biroq bu siz va men bilgan “Real”ni yengish uchun yetarli emasdi. Jamoada yetakchi yo‘q. Ramos bor-ku dersiz, yo‘q, Ramos sardor, yetakchi emas. Hamisha har bir klub bir futbolchining atrofida qurilishi kerak. Ana shu yetakchi rolini hozir madridliklarda hech kim o‘ynab bera olmayapti. To‘g‘rida, sayyoramizning eng kuchli ikki futbolchisidan biri bo‘lmish futbolchining o‘rnini kim ham bosa olardi.

Sportga oid OAVlarda Lopetegi “yangi Real”ni Asensio atrofida jamlarkan degan oldi-qochdi gaplar yurgandi. Bo‘lmagan gap. Asensio yetakchi bo‘lolmaydi. U yosh hamda tajribasiz. Qo‘shimchasiga yetakchilik qobiliyati yo‘q. Axir uning murabbiysi Fergyusson emasda!

detws-201808151217.jpg

Yechim nimada bilasizmi? Yechim Peresda. Agar transferlar oynasi yakunlanguncha jamoaga yangi qon olib kirmasa, bu mavsum “uloq”ni boshqa klublar ilib ketishi ham tayin.

Ammo kechagi mag‘lubiyatning jamoa uchun foydali jihati ham bor. U ham bo‘lsa, anchadan buyon finallarda mag‘lub bo‘lmay kelayotgan futbolchilar nimanidir tushunishadi. Simeone shogirdlaridan uchralgan mag‘lubiyat yigitlarning ko‘zlarini ochadi, nazarimda.

2399063-49880030-2560-1440.jpg

Peres jamoani nima qilmoqchi? Siz ham, men ham xuddi Zidandek hayronu lolu giryonmiz. Ammo yana bir tomoni borki, Florentino bir narsani bilmasa, qilmaydi. Biror ko‘zlagani bordir bu azamatni. Balki yaqin bir-ikki yilda boshqacharoq “galaktikos”ni ko‘rarmiz.

Hammamiz bilgan “Real” boshqacha o‘ynardi a? Ozroq hadik bilan o‘yinini ko‘rardigu, ammo yutishiga ishonardik. Bizni shu narsaga bekor o‘rgatib qo‘ygan ekan ZiZu. U maydonga boshlab tushadigan futbolchilarning ko‘zlari yonib turardi, g‘alabaga chanqoq bo‘lardi, ruhan tetik ko‘rinardi. Eng qizig‘i, muxlislar klubdan nima kutayotganini bilardi yigitlar. Hozir esa...

Xullas, kechagi o‘yindan so‘ng uzoq o‘ylanib, o‘zimga-o‘zim savol berdim: Bu kimning “Real”i?!

Shohrux No'monov, O'zA
1 802