O‘zA O`zbek

19.01.2018 13:44 Chop etish versiyasi

“Boston” raqiblar darvozasiga 5ta shaybani joylab qo‘ydi

“Boston” raqiblar darvozasiga 5ta shaybani joylab qo‘ydi Milliy xokkey ligasi tomonidan tashkil etilayotgan doimiy chempionatda “Kolambus” va “Dallas” uchrashuvi 2:1 hisobida yakunlandi.

“Prudential Center” muz saroyida “Yangi-Jersi” jamoasi “Vashington”ni qabul qildi va 4:3 hisobida zafar quchdi. “Aylenders” va “Boston” uchrashuvi gollarga boy tarzda o‘tdi. Mazkur uchrashuvda “Boston” xokkeychilari 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Chempionatda “Filadelfiya” va “Toronto” klublari o‘rtasidagi bahs 3:2, “Ottava” hamda “Sent-Luis” jamoalari uchrashuvi esa 1:4 hisobida yakunlandi. “Reynjers” esa “Baffalo” darvozasiga to‘rtta shaybani joylab o‘z darvozasidan uchtasini olib chiqdi.

Shuningdek, “Neshvill” – “Arizona”ni 3:2, “Kolorado” – “San-Xose”ni 5:3 hisobida yenggan bo‘lsa, “Tampa-Bey” – “Vegas”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Los-Anjeles va “Pittsburg” jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
14 030