Poytaxtimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika o‘rta maxsus, kasb-hunar kolleji sport majmuasida jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida Respublika sport o‘yinlari o‘tkazildi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil qilindi. Unda Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi Muruvvat uylarida tarbiyalanayotgan yuzdan ziyod o‘g‘il-qiz mini-futbol va estafeta bahslarida ishtirok etdi.

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash jarayonida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogiron bolalar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda sportning futbol, mini-futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, yengil atletika, armrestling singari ko‘plab turlari bo‘yicha mamlakat miqyosidagi musobaqalar va taniqli sportchilar ishtirokidagi mahorat mashg‘ulotlarining doimiy ravishda o‘tkazilayotgani yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga quvonch ulashib...