Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 9-bolalar va o‘smirlar sport maktabi qoshida 2 milliard 700 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan “Yoshlik” yopiq suv havzasi foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotir. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yurtimizning barcha hududlarida ko‘plab zamonaviy va muhtasham sport inshootlari qad rostlamoqda.

Jamg‘armaning Navoiy viloyati filiali tomonidan 2003-2015-yillarda 88 sport inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi.

O‘tgan yili Qiziltepa, Karmana, Konimex, Xatirchi, Uchquduq, Navbahor tumanlarida sportning voleybol, basketbol, futbol, badiiy gimnastika, kurash turlariga ixtisoslashgan zallar, yopiq suzish havzasi bunyod etildi. Ta’lim muassasalarida yaratilayotgan bunday sharoitlar o‘quvchi-yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Navbahor tumanida qad rostlagan zamonaviy tipdagi yopiq suv sporti inshooti ham yoshlarga qulay imkoniyatlar yaratdi.

– Yangi suv havzasida 130 ga yaqin o‘g‘il-qiz sport bilan shug‘ullanmoqda, – deydi Navbahor tumanidagi 9-bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Ilhom Ibrohimov. – Malakali mutaxassislar murabbiyligida bo‘lajak sportchilar bilan ishlashning o‘ziga xos usullari qo‘llanilayotir. Farzandlari uchun yaratilayotgan bunday sharoit va imkoniyatlardan ota-onalar ham xursand.

Viloyatda bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 5 sport inshooti qurilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga bayram sovg‘asi