Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha nufuzli turnir – Butunjahon boks seriyasi (WSV)ning VII mavsumining navbatdagi bahsi o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Uzbek Tigers” jamoasi Xitoyning “China Dragons” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) shafeligida tashkil etilgan turnir sport olamining eng nufuzli musobaqalaridan biriga aylangan. Bu yilgi turnirda eng kuchli 12 jamoa uchta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashmoqda.

Musobaqa bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, jamoalar o‘rtasida o‘nta vazn toifasida o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimiz bokschilari oltinchi mavsumdan buyon mazkur turnirda ishtirok etmoqda. Bu yilgi bahslarda “Uzbek Tigers” jamoasi "S" guruhida Xitoyning "China Dragons", Rossiyaning "Patriot boxing team" va Qozog‘istonning "Astana Arlans" jamoalari bilan bahslashmoqda. 4-mart kuni Rossiyaning “Patriot boxing team” jamoasi bilan raqobatlashgan bokschilarimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

– O‘zbek bokschilarining dovrug‘i butun dunyoga keng tarqalgan, – deydi musobaqa supervayzeri Mariya Pikson (Filippin). – Mamlakatingizda sportning barcha turlari, jumladan, boksni yoshlar o‘rtasida rivojlantirish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va qulay sharoitlarni ko‘rib havasim keldi.

...18-mart kuni bayramona bezatilgan "O‘zbekiston" sport majmuasida nufuzli musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Chorlov sadolari ostida maydonga musobaqa ishtirokchilari kirib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Musobaqaning ochilishida O‘zbekistonda boks jadal rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi. Bu sportchilarimizning nufuzli musobaqalarda katta g‘alabalarga erishayotganida, mamlakatimizda yirik xalqaro sport anjumanlari yuqori saviyada tashkil etilayotganida yaqqol namoyon bo‘layotir.

“Uzbek Tigers” va “China Dragons” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv ham qiziqarli va murosasiz janglarga boy bo‘ldi.

52 kilogramm vazn toifasida Abrorjon Qodirov va Yong Chang, 60 kilogramm vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev va Sen Vang, 69 kilogramm vazn toifasida Shahram G‘iyosov va Vey Li U, 81 kilogramm vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev va Jiabin Xuang, vazni 91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan bokschimiz Bahodir Jalolov Xaypeng Mu bilan kuch sinashdi.

Musobaqada “Uzbek Tigers” jamoasi 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning yirik g‘alabasi