Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2017 18:34 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda sakkizta medalni qo‘lga kiritdi

Qirg‘izistonda boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda bokschilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, sakkizta medalni qo‘lga kiritdi.

91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sardor Yormuhamedov dastlab qirg‘izistonlik Jaksilik Kuzaliyev, yarim finalda xitoylik Chen Yunfa, finalda mezbonlarning yana bir vakili Sergey Parenkoni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 75 kilogrammlik charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Kozimbek Mardonov qozog‘istonlik Temirlan Raimqulov, xitoylik Molla Tuoxetikiong, qirg‘izistonlik Azamat Kanibek va Ilyos Akmataliyevni mag‘lubiyatga uchratdi va terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Turnirda Rustamjon Ismoilov kumush, Nodir Mirzahmedov, Ulug‘bek Komilov, Aliyor Noraliyev, Odil Arslonov, Hasanxon Barotov bronza medali bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
4 048






Все о погоде - Pogoda.uz