Rossiyaning Beloyarskiy shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkitadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Nufuzli musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 120 nafardan ziyod bokschi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Jahon kubogida 64 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz, talabalar o‘rtasida jahon chempioni Shahram G‘iyosov ozarbayjonlik Lorenso Sotomayorni, yarim finalda qirg‘izistonlik Ermek Sakenovni, finalda tojikistonlik Shavkat Rahimovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Mutlaq og‘ir vazn toifasida qatnashgan mamlakatimiz chempioni Bahodir Jalolov ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi. U rossiyalik Sergey Yegorov, tojikistonlik Mirzohiddin Karimov va finalda yana bir mezbon bokschi Ivan Veryasovni yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Terma jamoamiz a’zolari Botirali Mamajonov (81 kg) va Abdulla Qo‘chqorov (49 kg) kumush, Murodjon Ahmadaliyev (56 kg) va Ulug‘bek Xaqberdiyev (75 kg) bronza medal bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning jahon kubogidagi muvaffaqiyati